date
views 98

Namanganda olib qochilgan avtomobil «Qamchiq» dovonida to‘xtatildi

Namanganda olib qochilgan avtomobil «Qamchiq» dovonida to‘xtatildi
2024 yil 24 noyabr kuni fuqaro Sh.A. o‘z boshqaruvida bo‘lgan «Cobalt» rusumli avtomobili qoldirilgan joyida yo‘qligi yuzasidan «102» tizimiga xabar bergan. Kelib tushgan xabarga ko‘ra, «To‘sib ushlash» rejasi e’lon qilingan.

IIV JXD YHXX «Qamchiq» dovoni bo‘yicha YPX otryadi xodimlari tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ushbu avtomobil va uni olib qochgan shaxs, 1999 yilda tug‘ilgan K.K. «Namangan» YPX maskanida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, transport vositasi hamda uni olib qochgan shaxs Pop tumani IIBga topshirilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda olib qochilgan avtomobil «Qamchiq» dovonida to‘xtatildi