Foto: Telegram / Baxtiyor Saidov
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 26 noyabr kuni TIV binosida Isroilning O‘zbekistondagi elchisi Gideon Lustig bilan uchrashdi.
“Zvi Koganning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdik. O‘zbekiston xalqi barcha din va elat vakillariga azaldan do‘stona munosabatda bo‘lib kelgan. Biz millatchilikning hech qanday ko‘rinishiga toqat qilmaganmiz va bundan keyin ham toqat qilmaymiz. Terrorizm va ekstremizmning chegarasi va millati yo‘q”, deb yozdi vazir o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Baxtiyor Saidovning bildirishicha, O‘zbekiston hukumati tergov jarayonlarida BAA va Isroil idoralari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.
Bundan avval O‘zbekistonning Dubaydagi bosh konsulxonasi BAAda isroillik ravvin Zvi Kogan o‘ldirilishi yuzasidan bayonot bergandi. Unda O‘zbekistonning Dubay shahridagi Bosh konsulxonasi hamda Abu Dabidagi elchixonasi Birlashgan Arab Amirliklari Tashqi ishlar vazirligi va boshqa mutasaddi idoralari bilan doimiy aloqada bo‘lib, mazkur masala yuzasidan oydinlik kiritish maqsadida tegishli ishlar olib borayotgani bildirilgan.
Isroillik ravvinning o‘limi: nimalar ma’lum?
Birlashgan Arab Amirliklari maxsus xizmati va xavfsizlik organlari 21 noyabr kuni bedarak yo‘qolgan isroillik ravvin Zvi Koganning jasadini topdi. Isroil Tashqi ishlar vazirligi bayonot berib, Zvi Koganning o‘ldirilishini jinoiy antisemitik terrorchilik harakati deb atadi va uning o‘limida aybdor bo‘lgan jinoyatchilar, albatta, javobgarlikka tortilishini bildirdi.
Foto: WAM
Yahudiy rasmiylari ushbu qotillik bo‘yicha O‘zbekiston fuqarolarini gumon qilmoqda. Bu haqda The Times of Israel xabar bergan. 25 noyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklari Ichki ishlar vazirligi Zvi Koganni o‘ldirishda gumonlangan uch kishi hibsga olinganini ma’lum qildi. Gumonlanuvchilarning barchasi O‘zbekiston fuqarolari. Hozirda gumonlanuvchilar qamoqda saqlanmoqda, sud jarayoni boshlangan. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu “qotillardan birortasi ham omon qolmasligi”ni ta’kidlagan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Taxtni tashlab qochgan bangi...
Zelenskiy: Putin Kursk oblastini qaytarish muddatini belgiladi
Tadqiqot: qo‘rqinchli filmlar immunitetni mustahkamlashga yordam beradi
Yevroparlament rahbari Kiyevga TAURUS raketalarini yetkazib berishga chaqirdi
Gvardiola hech qachon bunaqa sharmanda bo‘lmagandi