24
Poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi Otabek Bakirov ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etdi
"Lolazor" podkastidan kadrlar
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi fuqaro Otabek Bakirovning ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Jamoatchilik faoliga nisbatan O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov ariza bergan, vazir uni haqorat va obro‘sizlantirishda ayblagan edi.
Bakirovning ma’lum qilishicha, IIBB qaroriga, xususan, AOKAning vazir bergan arizada ko‘rsatilgan vajlar mavjud emasligi haqida tegishli ekspertiza xulosasi va shikoyatga sabab bo‘lgan post yozilganiga 1,5 yildan ko‘p vaqt o‘tgani asos qilib ko‘rsatilgan.
“Ichki ishlar organlariga mazkur ish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor surishtiruv va harakatlar uchun fuqaroviy tashakkur bildiraman”, – deya qayd etdi Otabek Bakirov.
Eslatib o‘tamiz, Energetika vazirligi rahbarining shikoyatiga Bakirovning 2023 yil yozida o‘z kanalida e’lon qilgan posti sabab bo‘lgan. Postda Toshken shahri Sag‘bon podstansiyasidagi seriyali avariyalar va ta’mirlash ishlari haqida so‘z boradi.
Otabek Bakirov bu arizani “ahvoli tobora og‘irlashayotgan energetikadagi muammolarni yechish o‘rniga, tanqidni to‘xtatishga, yopiqlik muhitini yaratishga va kuchaytirishga urinish” deb baholagan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy va Hindiston Himolaydagi yarim asrlik hududiy nizoni hal qilmoqchi
Rossiya Kursk viloyati va Ukraina sharqida hujumlarni kuchaytirmoqda
Tramp Zelenskiyni urush tugashiga tayyorlanishga chaqirdi
Al-Juloniy: “Suriya Afg‘oniston emas va bo‘lmaydi ham”
Isroilning qariyb 2 mln aholisi qashshoqlikda kun kechirmoqda
Turkiya Suriya chegarasida qo‘shin to‘plamoqda
Suriya isyonchilari yetakchisi murojaat bilan chiqdi
Donald Tramp: “Prezident Erdo‘g‘on juda aqlli, Asad esa shafqatsiz qassob”