
27 dekabrda Toshkent havoning ifloslanish darajasi boʻyicha dunyoning yirik shaharlari orasida 2-oʻrinni egallab turibdi.
IQAir portaliga koʻra, soat 8:00 da Toshkent havosida mayda PM2,5 dispers zarralarining kontsentratsiyasi 249 mkg/m3 ni tashkil etgan – bu “oʻta zararli” tasnifdagi koʻrsatkich hisoblanadi.

Reytingda 1-oʻrinni Hindistonning Dehli shahri egallagan — PM2,5 dispers zarralarining kontsentratsiyasi 292 mkg/m3. Pokistonning Lahori 3-pogʻonada — 237 mkg/m3. Xitoyning Uhan shahri toʻrtinchi oʻrinda — 220 mkg/m3
Reytingdagi oʻntalikdan, shuningdek, Saraevo (Bosniya), Ulan-Bator (Moʻgʻuliston), Manama (Bahrayn), Kobul (Afgʻoniston) Karachi (Pokiston), Xanoy (Vetnam) oʻrin egallagan.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotiga koʻra, havo ifloslanishi koʻrsatkichlari orasida salomatlik uchun eng katta xavf tugʻdiradigani aynan PM2,5 dispers zarralaridir. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!