
2024 yilning yanvar-noyabr oylarida ijara xizmatlari 8 683,4 mlrd soʻmni tashkil etdi. Bu haqida Statistika agentligi ma'lum qildi.
Mazkur koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 5,4% ga oʻsgan. Yuqori oʻsish sur'atlari Sirdaryo (118,9%) va Samarqand (110,3%) viloyatlarida kuzatilgan.
Ijara xizmatlari hajmi, yillar kesimida (yanvar-noyabr)

Foto: Stat.uz
Avvalroq Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi 2024 yilning 11 oyida 59,4 mlrd dollarga etgani xabar berilgandi.
Bu koʻrsatkich 2023 yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan 2,1 mlrd AQSh dollariga yoki 3,6 foizga koʻpaygan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar