
Illyustrativ foto
Buxoro viloyatida 12 yoshli qiz homilador boʻlgan. Bu haqida Kun.uz manbasi xabar bermoqda. U shahar perinatal markaziga olib borilgan. Manbaga koʻra, qizning homilasi 4 oylik.
Bolalar ombudsmani holat boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov olib borilayotgani, qoʻshimcha ma'lumot berilishini ma'lum qildi.
Eslatib oʻtamiz, 2021 yilda Samarqandda 13 yoshli maktab oʻquvchisi 25 haftalik homilador ekani aniqlangandi. Qizning nomusiga tegib kelgan va uning homilador boʻlishiga sabab boʻlgan erkak 12 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini olgandi.
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi 2023 yil oʻtkazgan matbuot anjumanida yilning dastlabki 6 oyi davomida 6 nafar maktab oʻquvchisida erta homiladorlik aniqlanganini ma'lum qilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar