Davlat rahbarining farmoni bilan belgilangan yoʻl xaritasida yuridik shaxslarga elektr energiyasi uchun toʻlovlarni korporativ kartadan mobil ilovalar orqali toʻlovlarni amalga oshirish tizimini joriy etish belgilangan.
Bu boʻyicha Markaziy bank, Raqamli texnologiyalar vazirligi, "Hududiy elektr tarmoqlari" hamda "Hududgazta'minot"ga normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, 2025 yilning fevraliga qadar kiritish vazifasi qoʻyildi.
Oʻzbekistonda korporativ iste'molchilar toʻlovlarini yagona shaxsiy varaqda yuritish tizimini joriy etish rejalashtirilgan.
"Hududgazta'minot" yanvar oyida ichki buyruq chiqarishi va hududiy filiallarida amalda qoʻllanishini ta'minlashi kerak.
Bundan tashqari, tabiiy gaz iste'molini onlayn nazorat qilish maqsadida "Hududgazta'minot" davlat kompaniyasining Hududgaz Corporate dasturini Soliq qoʻmitasining my.soliq.uz dasturi bilan integratsiya qilishni yakunlash topshirildi.
Bunda elektron hisobvaraq-fakturalar (EHF) ulgurji iste'molchilarga hisobot oyi davomida xatoliklarsiz toʻliq joʻnatilishi kerak.
Energetika vazirligi va "Hududgazta'minot"ga 2025 yilning martigacha tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish topshirildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tadbirkorning qarzini toʻlamagan tashkilot mulklaridan ayrilib qolishi mumkin edi
Kimlar “Arsenal”ning qishki transferlar oynasidagi “oʻljasi”ga aylanadi?
Qanday qilib 21 yoshli Abbosbek Fayzullayev RPL yulduziga aylandi?
Joriy yilda sogʻliqni saqlash tizimida qanday yangiliklar kutilmoqda?
Tramp saylovdagi gʻalabasidan keyin donorlardan qariyb 200 mln dollar toʻpladi
"Manchester Siti" oʻzbekistonlik himoyachini qoʻlga kiritadimi?
Kir yuvish mashinasida qisilib qolgan bola qutqarildi
Eldor Shomurodov uchun kurashga jiddiy klub qoʻshildi