
Bugun, 5 yanvar kuni soat 14:29 da Navoiy IESdagi 12-sonli transformatorda yongʻin sodir boʻlgan.
Ushbu yongʻin Navoiy IES Yongʻin xavfsizligi xizmati hamda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan soat 14:49 da qurshab olinib, toʻliq bartaraf etilgan.
Qayd etilishicha, yongʻin energotizimga (elektr ta'minotiga) salbiy ta'sir qilmagan.
«Yongʻin natijasida toʻxtatilgan energoblok oʻrni zaxira quvvatlari hisobidan ta'minlandi. Iste'molchilarga elektr energiyasi barqaror etkazib berilmoqda.
Yongʻin natijasida jabrlanganlar yoʻq. Ayni paytda stantsiya barqaror ishlamoqda», – deyiladi rasmiy xabarda.
Hozirgi vaqtda ushbu sodir boʻlgan yongʻinning kelib chiqish sabablari oʻrganilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar