Ijtimoiy tarmoqlarda metapnevmovirus infektsiyasi va ushbu infektsiyaning COVID-19dan ham xavfli ekanligi yuzasidan xabarlar tarqalmoqda. Sanepidqoʻmita ushbu kasallik toʻgʻrisida ma'lumot taqdim etdi.
Metapnevmovirus birinchi marta 2001 yilda aniqlangan boʻlib, asosan havo-tomchi yoʻli bilan, kamdan-kam holatlarda esa ifloslangan yuzalar bilan aloqa qilish orqali yuqadi. Virusni asosan kuz-qish mavsumida faol aylanishi kuzatiladi.
Metapnevmovirus infektsiyasi, odatda burun oqishi, yoʻtal va isitma kabi belgilari bilan oʻtkir respiratorli infektsiyalar shaklida namoyon boʻladi, ba'zi hollarda bronxiolit va pnevmoniyani keltirib chiqaradi.
Metapnevmovirus bilan kasallangan odamlarning aksariyati asoratlarsiz tuzalib ketadi. Ushbu virus bilan kasallanish holatlari har yili dunyoning barcha mamlakatlarida qayd etiladi.
Butun dunyoda boʻlgani kabi, qoʻshni Qozogʻiston Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati tarqatgan xabarda, ayni paytda oʻtkir respirator virusli infektsiyalar va gripp bilan kasallanishning mavsumiy oʻsishi kuzatilayotgani, shu bilan birga metapnevmovirusning ham qayd etilgani e'lon qilingan.
Ayni vaqtda Oʻzbekistonda ham oʻtkir respirator infektsiyalarga chalinish holatlarining mavsumiy koʻtarilishi kuzatilmoqda.
Ushbu respirator infektsiyalarning soʻnggi laborator tahlillari natijasiga koʻra: 36,9 foizda gripp virusi, 30,2 foizda rinovirus, 28,6 foizda respirator-sintsitial virus, 1,2 foizda metapnevmovirus va 3,1 foizda boshqa viruslar aniqlangan.
Shu oʻrinda fuqarolar ushbu infektsiyalarni yuqtirib olmasliklari uchun:
✔️profilaktika va gigiyena qoidalariga rioya qilish;
✔️odamlar gavjum joylarga, ayniqsa yosh bolalarni olib yurishni cheklash;
✔️kasallik belgilari paydo boʻlgan oila a'zolarini alohida saqlab, shifokor koʻrsatmasiga asosan davolanish tavsiya qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
"Oltin globus-2025" gʻolibi: Jak Odiyarning "Emiliya Peres" filmi
Tibetdagi kuchli zilzila oqibatlari: oʻnlab kishilar halok boʻlgan
Pokiston Termizda Evropaga moʻljallangan tovarlarni saqlaydigan omborxona quradi
Chevrolet Cobalt uchun shartnoma olishning yashirin havolasi e'lon qilindi!
Arman Tsarukyan: "Men gʻalabamga 100% ishonaman"
AQSh Rossiyani Sudanda fuqarolar urushini qoʻzgʻatayotganlikda ayblayapti
Ilhom Aliyev: “Ayb — Rossiya vakillarida. Biz aybdorlarni jazolashni talab qilamiz”
Makron Suriyaning yangi hukumatiga nisbatan hushyor munosabatda boʻlishga chaqirdi