Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Andijon viloyati Marhamat tumanidagi xonadonda 3 yanvar kuni gaz chaqnadi, oqibatda bir kishi vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Soat 03:00 lar atrofida Shomat mahallasi Ipak yoʻli koʻchasida yashovchi fuqaro xonadonining yotoqxona qismida qoʻlbola usulda qurilgan isitish pechini yoqmoqchi boʻlib, gugurt chaqqan vaqtida xonaga toʻplangan tabiiy gaz va havo aralashmasidan chaqnash yuz bergan.
Oqibatda ushbu xonada boʻlgan xonadon egasi tanasining 90 foizi, turmush oʻrtogʻi tanasining 35−40 foizi, oʻgʻli tanasining 20−30 foizi, qizi tanasining 70 foizi qismi kuyish tashxisi bilan tuman ShTTYoBga yotqizilgan.
Hodisa joyiga tuman prokurori v.b., tuman IIB boshligʻi, tuman favqulodda vaziyatlar boʻlimi, Marhamat tumangaz ta'minoti filiali mas'ul shaxslari va tezkor tergov guruhi chiqib protsessual hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Hozirda jabrlanuvchilardan xonadon egasi va uning oʻgʻli tuman ShTTYobda davolanayotgan boʻlsa, xonadon egasining turmush oʻrtogʻi Andijon shahrida joylashgan RShTTYoIAMda davolanmoqda va jabrlanganlardan voyaga etmagan qiz olib borilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan 4 yanvar kuni vafot etgan.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari har tomonlama, toʻliq va sifatli olib borilishini ta'minlash maqsadida tuman prokuraturasi tomonidan jabrlanuvchilarga nisbatan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Hozirda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yurak xurujining oldini olish uchun bir umrga tatigulik maslahatlar
Shu desangiz, ukam...(hajviya)
Zelenskiy Ukrainada saylovlar qachon boʻlib oʻtishini ma'lum qildi
Daydi odam qanday qilib restoran egasiga aylandi?
Harbiy tahlilchi: “Ukraina kuniga 20 kvadrat kilometrgacha hudud yoʻqotmoqda”
Srechko Katanesdan "kuyganlar"...
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoning siyosiy yoʻli qanday kechgan?
Xitoyda metapnevmovirus grippdan keyingi ikkinchi eng koʻp tarqalgan OʻRVIga aylandi