14:50 / 09.01.2025
95

Qamchiq dovonidagi zaxira yoʻlda qor uchgani chiqqan 2 kishi vafot etdi

Qamchiq dovonidagi zaxira yoʻlda qor uchgani chiqqan 2 kishi vafot etdi
8 yanvar kuni tushdan soʻng Qamchiq dovonidagi zaxira yoʻlning taqiqlangan qismiga qorda uchish uchun sayohat qilgan guruh bilan fojia yuz berdi.

Kun.uz manbasi xabar berishicha, guruhda jami 8 kishi boʻlgan, ulardan biri – 31 yoshli fuqaro yoʻlning chetroq qismida selfi qilayotgan vaqtda yiqilib tushgan. Yordam bermoqchi boʻlgan yana bir sherigi uning oldiga tushgach, ularning ustidan bir necha metrlik qor uyumi bosib qolgan. Natijada fuqarolar vafot etgan.

Ma'lum boʻlishicha, holat Toshkent-Andijon-Oʻsh avtomobil yoʻlining 141-kilometrida sodir boʻlgan. Ushbu hudud zaxira yoʻl boʻlib, faqat maxsus texnikalar uchun harakatlanish mumkin boʻlgan. FVV qutqaruvchilari sheriklarining chaqiruvidan soʻng darhol etib borgan. Hozirda jasadlar olib chiqilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat