Viloyatlararo 10 ta yangi yoʻnalishda avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

2025 yilga moʻljallangan davlat dasturi loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi.
Xalqaro va viloyatlararo yoʻnalishlarda harakat xavfsizligi ta'minlanadi xamda turistik yoʻnalishlarda avtobus qatnovlarining ulushini oshirish maqsadida yangi yoʻnalishlar ochiladi.
Xalqaro avtobus yoʻnalishlari soni 36 tadan 40 taga yetkaziladi. Masofasi 400 kmdan oshiq boʻlgan viloyatlararo yoʻnalishlar boʻyicha yangi 10 ta yoʻnalishda katta hajmli avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.
Qirgʻiziston, Tojikiston, davlatlari bilan avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlashda E-Permit axborot tizimi joriy etiladi. Respublikada yuk tashuvlari va logistika xizmatlarini raqamlashtirish orqali ta'minot zanjiri ishtirokchilari uchun mavjud E-logistika axborot tizimi mobil ilovasi ishga tushiriladi.
Aholi va sayyohlarga qulayliklarni yanada oshirish maqsadida temiryoʻl chiptalarini onlayn elektron tizim orqali sotish jarayoni 85 foizga yetkaziladi. “Oʻzbekiston temiryoʻllari” AJ tizimida temiryoʻl chiptalarini mobil ilova va elektron toʻlov tizimlari orqali sotish rivojlantirilib, onlayn elektron tizim orqali sotish hajmini 85 foizga yetkazish choralari koʻriladi. Temiryoʻl chiptalarini sotish shaffofligi ta'minlab boriladi.

Izohlar 0
…