date
views 112

Insofsiz ijrochilar reyestri shakllantiriladi

Insofsiz ijrochilar reyestri shakllantiriladi
“Insofsiz ijrochilarning yagona reyestrini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, nizom Insofsiz ijrochilarning yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.

Reyestr vakolatli organ (Iqtisodiyot va moliya vazirligi) tomonidan shakllantiriladigan roʻyxatdan iborat boʻlib, unga quyidagi ma'lumotlar kiritiladi:
  • xarid qilish tartib-taomillari yakunlari boʻyicha belgilangan shartlar asosida davlat buyurtmachisi bilan shartnoma tuzishni va davlat xaridlarini amalga oshirishni rad etgan yoki boshqacha usulda boʻyin tovlagan xarid qilish tartib-taomillari gʻoliblari toʻgʻrisidagi;
  • majburiyatlarni bajarmaganlikda yoxud tegishli tarzda bajarmaganlikda belgilangan tartibda aybdor deb topilgan ijrochilar haqidagi, bundan majburiyatlar bartaraf etib boʻlmaydigan kuchlar oqibatida bajarilmagan yoki tegishli tarzda bajarilmagan hollar mustasno;
  • davlat xaridlari jarayonida yolgʻon yoki soxta hujjatlarni taqdim etgan, ayni bitta lotda ishtirok etgan affillangan shaxslar yoki manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida ma'lumotlarni ochib bermagan ishtirokchilar toʻgʻrisidagi;
  • sudning qaroriga koʻra firibgarlik, soxtalashtirish va korruptsiya bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan ijrochilar toʻgʻrisidagi.

Insofsiz ijrochi reyestrga kiritilganidan boshlab 2 yil muddat oʻtgandan soʻng avtomatik tarzda reyestrdan chiqariladi.

Insofsiz ijrochi sudning tegishli qaroriga koʻra reyestrdan chiqarilishi mumkin.

2023 yilning aprel oyida insofsiz ijrochilarning 2 yil davomida davlat xaridlarida ishtirok etishi taqiqlanishi haqida xabar berilgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Insofsiz ijrochilar reyestri shakllantiriladi