16:00 / 20.01.2025
89

Toshkent shahar hokimligi ko‘chmas mulk sotib olishda ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi

Toshkent shahar hokimligi ko‘chmas mulk sotib olishda ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi
Foto: Mirobod tumani hokimligi
Toshkent shahar hokimligi tegishli tahlillar olib borilib, ixtisoslashtirilgan xizmatlar tomonidan noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish ishlari davom ettirilayotganini ma’lum qildi.

Hokimlik e’lon qilgan xabarda ta’kidlanishicha, shahar hokimligi bilan kelishilmagan, ayniqsa yo‘l bo‘ylab qurilgan noqonuniy inshootlar nafaqat shahar infratuzilmasi, balki aholining kundalik hayoti uchun ham jiddiy muammolar tug‘dirmoqda. Avtomobil to‘xtash joylari va kirish yo‘llarining yo‘qligi haydovchilarning tez xarid qilish ehtiyojini qondirish uchun boshqa harakatlanuvchilar va piyodalarga noqulayliklar yaratmoqda.

Bundan tashqari, bunday qurilmalar:
  • irrigatsiya tizimiga zarar yetkazib, suv chiqarish kanallarini to‘sib qo‘yadi va bahor mavsumida hududlarni suv bosish xavfini oshiradi.
  • bolalar aravalari va imkoniyati cheklangan shaxslarning harakatlanishini qiyinlashtiradi.
  • shaharning me’moriy ko‘rinishini buzadi, yashil hududlarga kirishni to‘sadi va umumiy shahar qiyofasiga zid keladi.

Toshkent shahar hokimligi poytaxt aholisi va tadbirkorlariga maishiy va tijorat binolari, turar-joy imoratlari uchun mavjud hujjatlarni shaharsozlik me’yorlariga muvofiqligini qayta tekshirishni tavsiya qildi.

Shuningdek, ko‘chmas mulk sotib olishda ehtiyotkor bo‘lishga, yuridik xizmatlardan maslahat olishga chaqirdi. Toshkent shahar kadastr xizmatlari tomonidan berilgan hujjatlarsiz boshqa hech qanday hujjat turlari qonuniy kuchga ega emasligini eslatdi.

Potensial xarid bilan bog‘liq barcha tafsilotlarni aniqlashtirish uchun vakolatli organlarga shaxsan yoki davlat xizmatlarining onlayn tizimlari orqali murojaat qiling”, deyiladi hokimlik xabarida.

2024 yil fevralida poytaxt hokimligi Toshkent shahri hududida maishiy va tijorat binolariga ega bo‘lgan poytaxt aholisini hujjatlarning shaharsozlik me’yorlariga muvofiqligini yana bir bor sinchiklab tekshirishga chaqirgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat