Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda bola bogʻchada kaltaklanishi oqibatida oyogʻi singani haqida videolavha tarqaldi. Bolalar ombudsmani holatni nazoratga oldi.
Ma'lum qilinishicha, holat 22 yanvar kuni Sergeli tumanidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlaridan birida sodir boʻlgan. Tarbiyachi yordamchisi, 1997 yilda tugʻilgan Y.M. goʻyoki xarxasha qilayotgan bolani tinchlantirish maqsadida 2003 yilda tugʻilgan S.A.ning boshiga urgan. Soʻngra qoʻpol harakatda uni koʻtarib, boshqa xonaga olib chiqayotganda qoqilib yiqilgan. Oqibatda bolaning chap oyogʻi singan.
Bolaning ota-onasiga bogʻcha ma'muriyati tomonidan oʻgʻli oʻzi yiqilib oyogʻi singani va Sergeli tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelingani toʻgʻrisida xabar berilgan. Bolaga “chap oyoq son suyugi sinishi” tashxisi qoʻyilgan.
Shundan soʻng ota-ona bogʻcha ma'muriyatidan kuzatuv kameralari yozuvlarini koʻrsatishni talab qilgan.
Hozirda holat yuzasidan Sergeli tumani IIB FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Holat boʻyicha qoʻshimcha ma'lumot berilishi bildirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar