15:38 / 02.02.2025
123

Angrenda usta tuzatish uchun qoldirilgan telefon orqali mijozning pullarini echib oldi

Angrenda usta tuzatish uchun qoldirilgan telefon orqali mijozning pullarini echib oldi
Foto: IIV axborot xizmati
Toshkent viloyati Angren shahrida ustaxonada qoldirilgan telefondan oʻzganing pullarini oʻgʻirlagan shaxs ushlangan. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Angren shahrida yashovchi fuqaro IIBga murojaat qilib, bank kartasidan 9 mln soʻm noma'lum tarzda echib olinganini bildirgan. Tezkor surishtiruvlar davomida bu ishni 31 yoshli telefon ustasi boʻlgan shaxs sodir etgani aniqlangan.

Sevimli telekanalining Zamon informatsion dasturida berilgan lavhada aytilishicha, jabrlanuvchi buzilgan telefonini tuzatish uchun ustaga olib borgan.

Usta uni tuzatish paytida mobil ilovalar orqali bank kartasiga kirgan. Soʻng mijozning kartasiga tushgan 9 mln soʻmni oʻzining kartasiga oʻtkazib olib, pullarni shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi (qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) axborot tizimiga kirib yoki undan foydalanib oʻgʻrilik qilish) bilan jinoyat ishi ochilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat