![Toshkentda yashirin narkolaboratoriya fosh qilindi](/uploads/posts/2025-02/ea2fb58366_narkotik.webp)
Bojxona qoʻmitasining Kontrabandaga karshi kurashish boshkarmasi, Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi Tezkor kidiruv departamenti xodimlaridan iborat maxsus tezkor gurux tomonidan kuchli ta'sir qiluvchi moddalarni respublikamizga olib kirish va tarqatish bilan shugʻullangan jinoiy guruh faoliyatiga chek qoʻyildi.
Tezkor tadbir davomida avvaldan kuzatuvga olingan shaxsning Toshkent shahar Yunusobod tumanida ijaraga olingan xonadoni belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganida, bu erda kuchli ta'sir qiluvchi moddalarni tayyorlashga moʻljallangan yashirin narkolaboratoriya tashkil qilgani aniqlandi.
Mazkur xonadonda hamda poytaxtning Uchtepa tumani va Toshkent viloyatining Toshkent tumanidagi xonadonlarda pregabalin, tropikamid, trilon kabi kuchli ta'sir qiluvchi moddalar, ularni tayyorlashda foydalaniladigan prekursorlar, qayta ishlash va taqsimlashga moʻljallangan tarozi, kolba, mikser kabi laboratoriya jihozlari, dorilarni solishga moʻljallangan plastik boʻsh idishlar borligi aniqlandi.
![](/uploads/posts/2025-02/f586a32ba0_720__9jqaar0qg97xmrsjchi6qfhrvdetj0wb.webp)
Oʻtkazilgan keng qamrovli tezkor tadbirlar natijasida yashirin «narkolaboratoriya»dan jami ogʻirligi 19 kg 225 gr «pregabalin», 2 kg 960 gr «tropikamid», 1,2 kg «trilon» kuchli ta'sir qiluvchi moddalari, 20 litr xlorid kislotasi, 19 nomdagi 1746 dona laboratoriya uskuna va jihozlari ashyoviy dalil sifatida olib koʻyildi.
Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar