20:38 / 15.02.2025
281 163

Xonanda Shirin Abdullayeva 19 yoshida olamdan oʻtdi

Xonanda Shirin Abdullayeva 19 yoshida olamdan oʻtdi
Foto: Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi
Xonanda Shirin Abdullayeva 19 yoshida olamdan oʻtdi. Bu haqda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi xabar berdi.

Marhuma 2005 yil 14 dekabr sanasida Namangan shahrida dunyoga kelgan. Pekindagi Sinxua universiteti talabasi boʻlgan qoʻshiqchi 2023 yilda san'at yoʻnalishi boʻyicha Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.

Shirin uch yoshga toʻlar-toʻlmas qoʻshiq kuylashni boshlagan, oʻzi qoʻshiq yozardi, respublika va xalqaro musiqiy tanlovlarda qatnashardi ham kinoda suratga tushardi.

Shirinning azaliy orzusi oʻzining jonajon vatani Oʻzbekistonning nomini xalqaro maydonda dong taratish ekanini aytgandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat