10:58 / 16.02.2025
1 518

Uchta viloyatda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Uchta viloyatda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi
Foto: Prokuratura departamenti
Samarqand, Namangan va Andijon viloyatlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, departamentning Toyloq tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “N.B.” MChJga qarashli klinika rahbari, muqaddam sudlangan S.X. tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, 194,1 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Namangan shahri boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshirishda fuqaro T.A. “Dambogʻ” MFY hududidagi novvoyxonasida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, 176,7 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Departamentning Xoʻjaobod tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro N.Ya. “Mustaqillik” MFY hududidagi xonadonida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, jami 100,8 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat