13:25 / 20.02.2025
2 775

Noqonuniy qurilmalar buzilib, asl holiga qaytarildi

Noqonuniy qurilmalar buzilib, asl holiga qaytarildi
Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor "X.N" korxonasi zimmasiga M.Ulugʻbek tumani, M.Ulugʻbek koʻchasida joylashgan noturar ob'ektiga tutash boʻlgan 330 kv.m. boʻlgan noqonuniy tarzda egallab olingan er maydoni noqonuniy egallab olingan va foydalanilgan, tegishliligiga koʻra, qaytarilishi hamda noqonuniy qurilgan qurilma javobgar hisobidan buzish majburiyatini yuklash haqidagi ijro hujjati Byuroning M.Ulugʻbek tuman boʻlimiga kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjati boʻlim davlat ijrochisi I.Sanayev tomonidan qoʻzgʻatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinib, qonun talabi asosida qarzdorga ixtiyoriy 15 kunlik muddat berilgan.

Biroq, berilgan muddatda qarzdor tomonidan ijro hujjatining talablari bajarilmaganligi sababli, qarzdor korxonaning direktoriga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 198-1-moddasiga asosan jarima qoʻllanilgan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida undiruvchi Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi foydasiga noqonuniy qurilma majburiy tartibda buzilib, er maydoni asl holiga qaytarilib, ijro ishi yuritish tamomlandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat