
Foto: Videodan kadr
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida ma'muriy jarimadan jahli chiqqan haydovchi YPX mashinasining oynalarini sindirdi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, hodisa 2025 yil 9 fevral kuni sodir boʻlgan. Shahrisabz shahri Boʻston mahallasida hududida xizmat vazifasini olib borayotgan YHXB xodimlari davlat raqami boʻlmagan mototransport vositasini toʻxtab turish mumkin boʻlmagan joyda turgani uchun ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirishgan.
Shunda bundan jahli chiqqan haydovchi mototransport yukxonasida boʻlgan lopatkani olgan va YHXB xodimlari foydangan “Lasetti” xizmat mashinasining old va orqa oynalarini sindirgan.
“Renessans TV” telekanalining “Ovoza” informatsion dasturida berilgan lavhada aytilishicha, holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilib, toʻplangan hujjatlar sudga yuborilgan.
Jinoyat ishlari boʻyicha Shahrisabz shahar sudida qonunbuzar haydovchiga 7 sutka qamoq jazosi tayinlangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar