09:42 / 24.02.2025
111

2 gektar erni 300 ming dollarga sotmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi

2 gektar erni 300 ming dollarga sotmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi
Foto: Videodan kadr
IIV xabariga koʻra, viloyat hududida olib borilgan tadbirlar doirasida 106 ta jinoiy, 596 ta ma'muriy, jami 702 ta holat aniqlandi. 117 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan boʻlsa, 633 nafar shaxsga nisbatan ma'muriy choralar koʻrildi. 39 ta jinoyat fosh etilib, 30 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlandi. 1123 nafar shaxs rasmiy ogohlantirildi.

Andijon shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Xoʻjaobod tumanida yashovchi shaxs 2 gektar er maydonini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali hujjatlarini rasmiylashtirib berishni aytib, evaziga 300 ming dollar talab qilgan. U kelishilgan pullardan 50 ming dollarni olgan vaqtida ushlangan.

Yana bir holatda, 1967 yilda Andijon shahrida tugʻilgan shaxs yashash uyi ertoʻlasida giyohvandlik va kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi. 2 kg 37 gramm marixuana va 86 dona kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalarini sotishni koʻzlab saqlab kelayotganligi fosh etildi.

Holatlar boʻyicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, surishtiruvchi-tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat