18:13 / 23.03.2025
555

Qoraqalpog‘istonda yuk mashinasining baki portlab ketdi

Qoraqalpog‘istonda yuk mashinasining baki portlab ketdi
To‘rtko‘l tumanida yuk mashinasi bakining portlashi oqibatida ikki kishi jarohat oldi, deb xabar beradi Qoraqalpog‘iston Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 21 mart kuni soat 13:50 atrofida To‘rtko‘l tumani Guliston MFY hududidagi ustaxonada MAN markali yuk avtomobilining yonilg‘i bakini payvandlash ishlarini olib borishi oqibatida portlash yuz bergan.

Natijada, MAN va Ford rusumli avtomobillar to‘liq, DAF rusumli avtomobilning orqa shinalari yong‘indan zararlangan. Hodisa oqibatida 1998 yil va 1980 yil tug‘ilgan To‘rtko‘l tumanida yashovchi ikki fuqaro tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

«Vafot etgan fuqarolar yo‘q. Yong‘in to‘liq bartaraf etildi. Moddiy zarar surishtiruvlar davomida aniqlanadi», — deyiladi xabarda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat