date
views 382

Yo‘lda to‘xtatildi — salonda 360 ta iPhone!

Yo‘lda to‘xtatildi — salonda 360 ta iPhone!
Namangan viloyatida YPX xodimlari hayratlanarli holatni aniqladi.

Lacetti salonida hech kim kutmagan "yuk" bor edi — 360 dona iPhone 16 Pro Max.

Hujjatsiz qurilmalar
11 aprel kuni soat 05:30 larda Vodiy—Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan Lacetti avtomashinasi “Namangan” YPX maskanidan o‘tganda to‘xtatildi.

Rulda 1994 yilda tug‘ilgan haydovchi A.M. bo‘lgan. Tekshiruv paytida salon va yukxonada — jami 360 ta yangi iPhone 16 Pro Max borligi aniqlangan.

Eng qizig‘i, ushbu qurilmalarga oid hech qanday hujjat bo‘lmagan.

Qalloblik shubhasi
Holat rasmiylashtirilib, qurilmalar va haydovchi A.M. surishtiruv ishlari uchun Namangan viloyati IJQK departamentining Pop tumani bo‘limiga topshirildi.

Bu shunchaki holat emas — oxirgi oylarda Apple qurilmalari bilan bog‘liq qonunbuzarliklar ko‘paymoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil oktyabrida Farg‘onada 900 million so‘mlik iPhone 16 Pro Max smartfonlarining noqonuniy olib kirilishi oldi olingan edi.

Siz nima deb o‘ylaysiz – bunday qonunbuzarliklar qay tarzda kamaytirilishi mumkin?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat