
Madaniy meros agentligi huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashining 9 aprelda o‘tkazilgan navbatdan tashqari yig‘ilishida Hazrati Imom (Hastimom) majmuasiga kiruvchi bir qator tarixiy obyektlarga oid ta’mirlash-tiklash loyihalari ko‘rib chiqildi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Zarqaynar ko‘chasida joylashgan Abu Bakr Kaffol Shoshiy maqbarasi, Baroqxon va Mo‘yi Muborak madrasalari, Namozgoh va Tillashayx masjidlari bo‘yicha taqdim etilgan restavratsiya loyihalari kengash a’zolari tomonidan ko‘rib chiqilib, bir ovozdan ma’qullangan.
Ta’kidlanishicha, loyihalarda yodgorliklarga ziyon yetkazilmasligi kafolatlanishi va devor tagi to‘shamasi maxsus obi g‘isht — 250×250×50 o‘lchamdagi xumdonda pishirilgan musulmon g‘ishtidan foydalanish sharti bilan tasdiqlangan.
Mazkur ishlar bo‘yicha ijro va nazorat Madaniy meros agentligining Toshkent shahar boshqarmasi va «Madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti» davlat muassasasiga yuklatilgan.
Shuningdek, Navoiy viloyatidagi Qiziltepa tarixiy muzeyini ta’mirlash va Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida joylashgan Manak ota ziyoratgohida maqbara hamda yordamchi binolar qurish loyihalari ham Kengash tomonidan ma’qullangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar