
Xorazm viloyati Hazorasp tumanida joylashgan 3 qavatli savdo do‘konida yong‘in yuz berdi, deb FVV.uz xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 17 aprel kuni soat 16:04 da “Temirchi Maskan” mahallasidagi do‘konda yong‘in boshlangan.
Yong‘in-qutqaruvchilar soat 16:11 da voqea joyiga yetib borgan va 16:39 da yong‘inni o‘rab olishga muvaffaq bo‘lgan. To‘liq o‘chirish soat 17:10 da yakunlangan.
Savdo do‘konining 280 kvadrat metr qismi — tom qismi, shifti, ichki qismi va jihozlar yonib zararlangan.
Biroq tezkor harakatlar tufayli 200 kvadrat metr maydon saqlab qolingan.
Eng muhimi — insonlar orasida jabrlanganlar yo‘q. Hodisa joyiga 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 2 ta yordamchi suv tashish texnikasi jalb etilgan.
Hozirda yong‘in sababi va ko‘rilgan zarar miqdori o‘rganilmoqda.
Siz nima deb o‘ylaysiz — savdo obyektlarida yong‘in xavfsizligiga yetarlicha e’tibor qaratilayaptimi? “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar