date
views 222

O‘zbekiston va Janubiy Koreya viza talablarini soddalashtirishni ko‘rib chiqmoqda

O‘zbekiston va Janubiy Koreya viza talablarini soddalashtirishni ko‘rib chiqmoqda
Foto: Dunyo
TIV ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida mehnat migratsiyasi va O‘zbekiston fuqarolari uchun viza tartib-taomillarini soddalashtirish sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning asosiy jihatlari muhokama qilindi.

Kun tartibidagi asosiy mavzular Janubiy Koreya mehnat bozori uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, shuningdek, qo‘shma o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va ishga jo‘nab ketishdan oldingi tayyorgarlik uchun yangi ta’lim tashabbuslarini yaratish masalalari bo‘ldi.

Viza talablarini soddalashtirish, shu jumladan o‘zbekistonlik mavsumiy ishchilar uchun qulay imkoniyatlar yaratishga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar Koreya Respublikasida mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida ushbu yo‘nalishdagi ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston va Janubiy Koreya viza talablarini soddalashtirishni ko‘rib chiqmoqda