
Istanbuldagi Otaturk nomli Xalqaro aeroportda etti nafar O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarosi $9,5 mln.ni noqonuniy ravishda o‘tkazish uchun hibsga olindi. Bu haqda turk OAVlari xabar bermoqda, deb yozadi "Diydoraziz" nashri.
Qo‘lga olinganlar orasida Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolari bor. Polisiya erkaklar nima maqsadda Turkiyaga ko‘rsatilgan mablag‘ bilan kelganliklarini aniqlamoqda. Ular qamab qo‘yilgan.
Xabarda aytilishicha, ayni damda tergov olib borilmoqda. Qo‘lga olinganlar jiddiy qamoq muddatiga mahkum etilishi mumkin. Shu tariqa, Turkiya kuch mahkamasi noqonuniy moliyaviy operasiyalar va jinoiy yo‘l bilan topilgan pullarni legalizasiya qilishga qarshi kurashmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar