O‘zbekistonlik milisionerlar Qirg‘izistonga chorvador va uning otlarini qaytarishdi. Bu haqda Qirg‘iziston ichki ishlar vazirligida o‘zbekistonlik hamkasblariga iqtibos keltirilgan holda ma’lum qilindi.
Ta’kidlanishicha, muzokaralar natijasida Qirg‘izistonning Aksiy tumanida yashovchi Akilbek Bo‘ronboyevni ozod qilishga erishilgan. Bo‘ronboyev bir oy avval O‘zbekiston chegarachilari tomonidan chegarani noqonuniy kesib o‘tgani uchun hibsga olingan. U 24 ta oti bilan birga vataniga qaytarilgan.
Ma’lum qilinishicha, Jalolobod viloyatining chegaraoldi hududlarida 10 oy ichida 53 ot va 109 mayda shoxli chorva O‘zbekiston hududiga o‘tib ketgan. Ikki davlat mutasaddi idoralari vakillarining uchrashuvi va muzokaralari natijalariga ko‘ra, Qirg‘izistonga 49 ot va 109 ta mayda shoxli chorva qaytarib berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi