
Toshkentda elektromobilga quvvatlash uskunasi uchun ruxsatnoma olib berish va uni o‘rnatish evaziga pul talab qilgan tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari qo‘lga olindi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahar IIBB Tezkor qidiruv xizmati xodimlari tomonidan Chilonzor tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida tuman elektr tarmoqlari xodimlari fuqarodan 10 ming dollar olganida ushlangan.
«Oilaliman, muqaddam sudlanmaganman. Oldimga bir yigit kelib, transformator punkti o‘rnatishga yordam berishimni so‘radi. Unga yo‘l-yo‘rig‘ini tushuntirdim… 10 ming dollar olib kelib berdi. Shu vaqtda ushlandim», — deydi tuman elektr ta’minot bo‘limi bosh muhandisi.
Qo‘lga olingan yana bir gumonlanuvchi — elektr ustasining aytishicha, ular transformator punkti o‘rnatib berish uchun 15 ming dollar so‘ragan. Buning ichiga 6 ming dollarga transformator olib kelish, shuningdek, 9 ming dollarga loyiha ishlari amalga oshirish kabi «xizmatlar» kirgan.
Hozirda holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun prokuratura organlariga yuborilgan.
ToshkentElektromobilElektr TarmoqlariTezkor TadbirPul TalabQonuniy Qaror O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar