
Uy, xonadon mulkdorining oila a’zolari, shuningdek, u bilan doimiy yashovchi fuqarolar, agar ularni ko‘chirib kelgan paytda yozma ravishda boshqa hol qayd etilmagan bo‘lsa, uydagi xonalardan mulkdor bilan teng foydalanish huquqiga ega.
Ular mulkdor tomonidan berilgan turar joyga o‘zlarining voyaga yetmagan farzadlarini ko‘chirib kiritish huquqiga ham egadirlar. Agar mazkur shaxslar uy, xonadonning mulkdori bilan oilaviy munosabatlarni tugatgan bo‘lsa ham, ularda turar joydan foydalanish huquqi saqlanib qoladi (Uy-joy kodeksining 32-moddasiga muvofiq).
Xususan, Jizzax shahridagi uyga F.E.ning voyaga yetmagan farzandi bilan majburiy tartibda kiritish belgilangan ijro hujjati Byuroning Jizzax shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Byuroning Jizzax shahar bo‘limi davlat ijrochisi, mahalla raisi va mas’ul xodimlari bilan birgalikda F.E.ni voyaga yetmagan farzandi bilan Jizzax shahridagi uyga yashash uchun majburiy tartibda kiritilishi ta’minlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar