date
views 68

Sirdaryoda gaz ta’minoti korxonasi foydasiga 22 mlrd. so‘mdan ortiq qarzdorlik undirildi

Sirdaryoda gaz ta’minoti korxonasi foydasiga 22 mlrd. so‘mdan ortiq qarzdorlik undirildi
Mamlakatimizda bugungi kunda tabiiy gaz va energiya resurslaridan oqilona foydalanish dolzarb masala bo‘lib turgan bir vaqtda, ayrim shaxslar tomonidan mazkur resurslardan foydalanishda qonun talablari buzilib, ta’minot korxonalariga jiddiy zarar yetkazib kelinmoqda.

Joriy yilning o‘tgan davrida qarzdorlardan gaz ta’minoti korxonasi foydasiga 180 ta ijro hujjati bo‘yicha 22,3 mlrd. so‘m mablag‘lar amalda undirilishi ta’minlangan.

Misol uchun, Guliston tumani, “Birlashgan” mahallasida yashovchi fuqaro E.Sh. yashash xonadonida tabiiy gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri noqonuniy ravishda ulanib foydalanganligi oqibatida gaz ta’minoti korxonasiga 46,6 mln. so‘m moddiy zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Shundan so‘ng, Byuroning Guliston tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari natijasida, javobgardan “Guliston tumangaz” korxonasi foydasiga 46,6 mln. so‘mlik qarzdorlik to‘liq undirildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sirdaryoda gaz ta’minoti korxonasi foydasiga 22 mlrd. so‘mdan ortiq qarzdorlik undirildi