date
views 483

Farg‘onadagi dahshatli jinoyat: tanishini qasddan bosib o‘ldirgan haydovchiga hukm o‘qildi

Farg‘onadagi dahshatli jinoyat: tanishini qasddan bosib o‘ldirgan haydovchiga hukm o‘qildi
Farg‘ona viloyatida tanishini qasddan, qayta-qayta bosib o‘ldirgan haydovchiga sud hukmi o‘qildi. U 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Qayd qilinishicha, avval 2 marotaba sudlangan qo‘qonlik fuqaro o‘zganing nomida bo‘lgan Onix avtomobilida mahalladoshini bosib ketgan.

Hodisa qachon va qayerda yuz bergani xabarda aytilmagan, unga haydovchi va do‘kon egasi o‘rtasidagi kelishmovchilik sabab bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, haydovchi do‘kon egasini chaqirib, signal bergan. U ko‘chaga chiqqanida o‘rtalarida ziddiyat yuzaga kelgan. Shundan so‘ng, haydovchi do‘kon egasi ortidan kirib, uni bo‘g‘ib, tan jarohati yetkazgan. Ikki dona suvni olib, ketib qolgan.

Do‘kon egasi akalariga telefon qilib, ularni chaqirgan. Haydovchi ham qaytib kelgan va katta tezlikda orqaga harakatlanib, do‘kon egasini bosib ketgan. Mashina ostida jabrlanuvchi yotganini bilsa ham yana mashinani oldinga harakatlantirib, g‘ildiraklar bilan fuqaroni ezib tashlagan.

Jabrlanuvchi oradan o‘n kun o‘tib shifoxonada vafot etgan. Sudlanuvchi sud hukmi bilan 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Foto: Videodan kadr
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onadagi dahshatli jinoyat: tanishini qasddan bosib o‘ldirgan haydovchiga hukm o‘qildi