
Toshkentda avtobus haydovchisi salon ichida energetik ichgan yo‘lovchini transportdan tushirib yubordi, deb Nova24.uz xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 2-avtobus parkiga tegishli 24-marshrut avtobusida sodir bo‘lgan. Yo‘lovchilardan biri salon ichida energetik ichimlik iste’mol qilgan va bu holat boshqa yo‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘lgan.
Ko‘pchilik yo‘lovchilarning talabiga ko‘ra, haydovchi ushbu yo‘lovchini avtobusni tark etishini so‘ragan. Voqeadan so‘ng haydovchi avtobus parkiga chaqirilib, rahbariyat tomonidan tushuntirish ishlari olib borilgan va rasmiy ogohlantirish berilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar