date
views 43

Qatarga qarshi o‘yin oldidan Chilonzorda yo‘llar yopiladi — haydovchilar uchun ogohlantirish

Qatarga qarshi o‘yin oldidan Chilonzorda yo‘llar yopiladi — haydovchilar uchun ogohlantirish
10 iyun kuni Toshkent shahri futbol ruhida bo‘ladi — Jahon chempionati saralashining muhim uchrashuvi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qatar termasiga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv doirasida xavfsizlikni ta’minlash va harakatni tartibga solish maqsadida poytaxtning Chilonzor tumanida bir qator yo‘llar vaqtincha yopiladi.

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, 10 iyun kuni soat 16:00 dan tadbir to‘liq yakunlangunigacha quyidagi asosiy yo‘llarda avtotransport vositalari harakati to‘liq to‘xtatiladi:

To‘liq yopiladigan uchastkalar:
- Chilonzor—Cho‘ponota chorrahasidan Qatortolgacha bo‘lgan Cho‘ponota ko‘chasi;
- Chilonzor—KHAY chorrahasidan Muqimiygacha bo‘lgan Chilonzor ko‘chasi;
- Bunyodkor ikkinchi darajali yo‘li — KHAYdan Muqimiygacha.

Qisman cheklanadigan yo‘llar:
- Alisher Navoiy—Furqat chorrahasi;
- Sebzor ko‘prigidan Furqat tunneliga tushish;
- Zarqaynar ko‘chasidan tunnel kirishi;
- Bunyodkor ko‘chasi — Kamolon ko‘prik va Ozarboyjon elchixonasi orqali chiqish;
- Qatortol—Cho‘ponota chorrahasi;
- Bunyodkor—KHAY va Bunyodkor—Gavhar chorrahalari;
- “Erkin” YPX maskani va Cho‘ponota—Shota Rustavelli chorrahalari.

Shuningdek, og‘ir yuk avtomashinalari uchun ham alohida cheklovlar joriy etiladi.

Yo‘l harakatida ishtirok etuvchi barcha haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etiladi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar vaqtincha noqulayliklar uchun uzr so‘ragan holda, musobaqa xavfsizligi va tashkilotchilik yuqori darajada ta’minlanishiga ishontirishmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qatarga qarshi o‘yin oldidan Chilonzorda yo‘llar yopiladi — haydovchilar uchun ogohlantirish