
Yoz faslining eng kutilgan yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan Toshkent – Cho‘lpon-ota (Issiqko‘l) masofasida mavsumiy avtobus qatnovlari boshlandi. Endi fuqarolar har kuni qulay va zamonaviy avtobuslarda Qirg‘izistonning mashhur dam olish maskaniga bevosita yetib borishlari mumkin.
Uzautotrans Service korxonasi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan ushbu qatnovlar 11 iyundan boshlab amalga oshirila boshladi. Avtobuslar har kuni Toshkent shahridagi markaziy avtovokzaldan soat 15:00 da yo‘lga chiqadi. Mazkur yo‘nalishda Yutong rusumidagi konditsioner va qulay o‘rindiqlarga ega avtobuslar xizmat ko‘rsatadi.
Chiptalarni faqat avtovokzaldan emas, balki onlayn tarzda ham sotib olish mumkin. Bundan buyon yo‘lovchilar avtoticket.uz sayti, ATTO va UzBus mobil ilovalari orqali uydan chiqmagan holda chipta band qilib, to‘lovni amalga oshirish imkoniga ega bo‘ladi. Bunday qulaylik, albatta, mavsumiy sayohatchilar uchun katta yengillik bo‘ladi.
Chipta narxi – 300 000 so‘m, yo‘ldagi xavfsizlik va qulaylik esa standart talablarga to‘liq javob beradi.
Issiqko‘l qirg‘oqlarida cho‘milish, tabiat qo‘ynida hordiq chiqarish, dam olish maskanlaridagi keng tanlov va musaffo havo – bularning barchasi sayyohlar uchun uzoq vaqt esda qoladigan xotiralarga aylanishi shubhasiz. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar