
Sirdaryo viloyati Guliston shahri prokurori o‘rinbosari korrupsiyada ayblanib qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik qo‘mitasi xabar berdi.
Guliston shahar prokurori o‘rinbosari o‘z xizmat mavqeyidan foydalanib, Boyovut tumanida qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi MCHJ rahbariga nisbatan Boyovut tumani IIB Tergov guruhi ish yurituvidagi Jinoyat kodeksining 168- va 167-moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida qamoq ehtiyot chorasi qo‘llamaslik hamda keyinchalik ishni gumonlanuvchi foydasiga hal qilib berish evaziga 10 ming AQSH dollari miqdorida pora so‘raydi.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonun himoyachisi talab qilingan pul mablag‘ini o‘z xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda prokuror o‘rinbosariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 va 28,211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Holat yuzasidan mazkur mansabdor shaxsga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar