
Toshkent shahri Uchtepa tumanida “Great Vertex” shirkati tomonidan barpo etilayotgan ko‘p qavatli turar joy majmuasi qurilishi to‘xtatildi.
Sabab — loyihada belgilanmagan holda qavatlar sonini asossiz ravishda ko‘paytirish.
Mazkur bino avtoturargoh joylashgan hududda qurilayotgan bo‘lib, bu yerda ilgaridan zamonaviy uy-joy va avtoturargoh barpo etilishi ko‘zda tutilgan edi. Ammo 2025 yil 28 fevralda qavatlar sonini oshirish bo‘yicha berilgan rasmiy so‘rov rad etilganiga qaramay, qurilish ishlari davom ettirilgan.
Qurilish inspeksiyasi tomonidan 13 marta o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida qonunbuzarlik aniqlangan va bu bo‘yicha mas’ul shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Ayni vaqtda qurilish ishlari to‘liq to‘xtatilgan. Mavjud kamchilik va qonunbuzarliklar bartaraf etilmaguncha, loyiha bo‘yicha ish qayta tiklanmaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar