date

Kapotda baliq “boqqan” bloger jarimaga tortildi

Kapotda baliq “boqqan” bloger jarimaga tortildi
Ijtimoiy tarmoqlarda turli bahslarga sabab bo‘lgan videolardan biri yana jamoatchilik e’tiborini tortdi. Unda bir fuqaro o‘z avtomobili kapotiga himoya plyonkasi yopishtirib, u yerga suv to‘ldirgan va ichkariga tirik baliqlarni joylashtirgan holda kontent olgani aks etgan.

Mazkur holat internet foydalanuvchilarining qattiq tanqidiga uchradi. Bu qonunbuzarlik Ekologiya vazirligi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan hamkorlikda o‘rganildi. Tekshiruv davomida ushbu voqea Toshkent shahrida yashovchi fuqaro I.N. tomonidan amalga oshirilgani aniqlandi.

Huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi 1-qismiga asosan rasmiy bayonnoma tuzildi. Unga BHMning 3 baravari, ya’ni 1 million 125 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarima tayinlandi.

Ekologlar va mutasaddi idoralar tabiatdagi har qanday tirik mavjudotga nisbatan shafqatsiz munosabatni keskin qoralab, bunday xatti-harakatlar qonun bilan jazolanishini eslatib o‘tmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kapotda baliq “boqqan” bloger jarimaga tortildi