date

Bloger Tulyaganov ishi qayta ko‘rib chiqiladi

Bloger Tulyaganov ishi qayta ko‘rib chiqiladi
Bugun, 14 iyul kuni Toshkent shahar sudi bloger Jahongir Tulyaganov ishi yuzasidan apellyatsiya tartibidagi qarorini e’lon qildi.

Ma’lum qilinishicha, sud Shayxontohur tuman sudi tomonidan 2024 yil 3 iyun kuni chiqarilgan qarorni bekor qildi va ishni qayta ko‘rib chiqish uchun Shayxontohur tumani ichki ishlar organlariga qaytardi.

Tulyaganov avvalroq Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 202-2-moddasi (yolg‘on axborot tarqatish) 1-qismi asosida javobgarlikka tortilgan edi.

Sud qaroridan norozi bo‘lgan shaxslar va tashkilotlar 6 oy muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat yoki protest kiritish huquqiga ega.

Eslatib o‘tamiz, ushbu ish jamoatchilik orasida keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Yangi qaror bilan ish yuzasidan yanada xolis tekshiruv va huquqiy baholash kutilayotgani aytilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bloger Tulyaganov ishi qayta ko‘rib chiqiladi