date

Jomboyda gaz quyish shaxobchasida yirik yong‘in yuz berdi

Jomboyda gaz quyish shaxobchasida yirik yong‘in yuz berdi

Bugun, 10 avgust kuni soat 22:00 da Samarqand viloyati Jomboy tumani “Shayman” mahallasida joylashgan avtomobillarga siqilgan gaz quyish shaxobchasi hududida kutilmagan yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa to‘g‘risidagi xabar favqulodda vaziyatlar xizmatlariga tezkor tarzda yetkazilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 22:15 da voqea joyiga yetib kelgan. Qutqaruvchilar olovni 22:21 da to‘liq qurshab olib, 22:30 da batamom o‘chirishga muvaffaq bo‘lishgan.

Yong‘in natijasida “KIA BONGO”, “DAMAS” va “GENTRA” rusumli bir nechta avtomashinalarning turli qismlari zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar qayd etilmagan.

Hozirda yong‘inning aniq kelib chiqish sabablari va moddiy zarar miqdori o‘rganilmoqda. Viloyat hamda tuman FVB rahbarlari shaxsan voqea joyiga chiqib, holatni nazoratga olishgan.

Mutasaddilar aholini yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etishga va xavfli holatlar yuzaga kelganda zudlik bilan favqulodda xizmatlarga murojaat qilishga chaqirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jomboyda gaz quyish shaxobchasida yirik yong‘in yuz berdi