Rossiya prezidenti Yaponiyaga uyushtiradigan safari davomida jahonning dzyudo bo‘yicha boshqaruvchi tashkiloti — «Kodokan»ni bajonidil ziyorat qilishga so‘z berdi, deb xabar qilmoqda Diydoraziz nashri.
Putin dzyudo — hamkorga nisbatan hurmat, insonlar bilan nafaqat sportda, balki hayotda ham ijobiy munosabat o‘rnatishga yordam berishini e’tirof etib o‘tdi, deb yozgan nashr. Putin shuningdek, bolalikdan ushbu sport turi bilan shug‘ullanganidan nihoyatda mamnunligini e’tirof etib o‘tgan. «Bu, shak-shubhasiz, mening birinchi muhabbatim edi, deyish mumkin. Men sportning boshqa turlarini ham yaxshi ko‘raman: suzishni ham, chang‘i uchishni ham, mana hozir muzda xokkey o‘ynashni o‘rganyapman. Ammo dzyudo — bu shubhasiz, hayotimning bir bo‘lagi, katta bo‘lagi, va men sportdagi mashg‘ulotlarim aynan dzyudon boshlanganidan juda ham xursandman», — deb tan olgan Rossiya etakchisi Yaponiyaning «Nippon» telekompaniyasiga bergan intervyusida. Putin suhbat davomida, o‘ziga Dzigoro Kano — dzyudo asoschisi katta ta’sir o‘tkazganini e’tirof etgan. Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putinning Yaponiyaga safari 15 dekabrdan boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”