date

Ko‘zi ojiz ayol qo‘shnisini jahl ustida pichoqladi

Ko‘zi ojiz ayol qo‘shnisini jahl ustida pichoqladi

Buxoroda 69 yoshli ko‘zi ojiz ayol qo‘shnisiga pichoq bilan zarba berib, uning o‘limiga sababchi bo‘ldi. Bu haqda “Milliy” telekanali orqali ma’lum qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, marhum erkak bir necha yil davomida ayol bilan yaqin qo‘shnichilik va do‘stona munosabatda bo‘lgan. Ko‘zi ko‘rmaydigan ayolning uyiga u tez-tez mehmon sifatida kirib turgan.

Nafaqa pulini olgan ayol buni nishonlash maqsadida qo‘shnisi bilan birga spirtli ichimlik iste’mol qilgan. So‘ngra mast holdagi erkak uni yana ichishga chorlab, haqoratli gaplar ayta boshlagan. Shu paytda ayol jahlga berilib, qo‘lidagi oshxona pichog‘i bilan unga hujum qilgan.

“Men hech qachon bunaqa holat sodir bo‘lishini xohlamaganman. Unga doim yordam berishga harakat qilar edim. Ammo u meni haqorat qilib, hurmatsizlik ko‘rsatgani va ichkilikka majbur qilgani uchun jahl bilan harakat qildim. Ko‘zlarim ko‘rmasligi sababli uning o‘lib qolishini o‘ylamaganman”, — deya ayblanuvchi sudda ko‘rsatma bergan.

Kogon shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudi ayblanuvchiga hukm chiqardi. U Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ko‘zi ojiz ayol qo‘shnisini jahl ustida pichoqladi