Bugungi kunda ayrim fuqarolar tomonidan zahiradagi yer maydonlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olib, mulk huquqini tasdiqlovchi hujjati mavjud bo‘lmasa-da, yer maydoniga noqonuniy ravishda qurilish ishlarini amalga oshirib, yillar davomida foydalanib kelishmoqda.
Bunday holatda Qonun talabiga ko‘ra ushbu qurilmalar o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydoniga qurilgan noqonuniy qurilma hisoblanib, majburiy tartibda buzdirilishi lozim.
Jumladan, Sayxunobod tumani, O‘zbekiston maxallasida 14 nafar fuqarolar tomonidan tuman hokimligi zahirasidagi jami 0,55 gektar yer maydoniga o‘zboshimchalik bilan molxona va omborxonalar qurib olganliklari holatlari yuzasidan, sud qaroriga asosan mazkur noqonuniy qurilmalarni majburiy tartibda buzdirish belgilangan.
Majburiy ijro byurosining Sayxunobod tuman bo‘limi tomonidan mazkur sud qarorlari bo‘yicha olib borilgan ijro harakatlari davomida javobgarlar ogohlantirilib, noqonuniy qurilmalarni ixtiyoriy ravishda buzish uchun muddat berilgan.
Ixtiyoriy muddatda buzilmagan noqonuniy qurilmalar bo‘yicha javobgarlarga nisbatan ma’muriy jarima qo‘llanilgan va majburiy ijro harakatlariga kirishilib, mazkur qurilmalar majburiy tartibda buzilgan.
MIB: Noqonuniy qurilmalar majburiy tartibda buzilmoqda
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar