Navoiy viloyatida tabiat muhofazasi va aholi salomatligiga xavf tug‘dirayotgan noqonuniy faoliyatlarga qarshi kurash doirasida muhim choralar ko‘rildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tkazilgan keng qamrovli tekshiruvlar natijasida 30 dan ortiq ro‘yxatdan o‘tmagan va talablarga zid ravishda ishlab turgan ohak pishirish xumdonlari to‘liq to‘xtatildi.
Ushbu ishlarni Ekologiya boshqarmasi, prokuratura, Ichki ishlar bo‘limi va Milliy gvardiya vakillaridan iborat maxsus ishchi guruh amalga oshirgan. Xususan, Karmana tumanidagi “Yangiariq” mahallasida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida xumdonlardan atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar chiqib turgani aniqlangan.
Shu bilan birga, xatlov jarayonida bir nechta ohak ishlab chiqarish sexlari ham noqonuniy tarzda, hech qanday rasmiy ruxsatnomasiz faoliyat yuritayotgani fosh etildi. Bu holat nafaqat ekologiyaga, balki aholi turmush tarzi va umumiy xavfsizlikka ham jiddiy tahdid sifatida baholandi.
Natijada, belgilangan talablarni qo‘pol ravishda buzib ishlayotgan 36 ta xumdon buzib tashlandi. Mutasaddilarning aytishicha, hozirda tekshiruv va o‘rganish ishlari izchil davom etmoqda. Qolgan noqonuniy ravishda ishlayotgan xumdonlar ham bosqichma-bosqich to‘liq yopilishi va faoliyatiga chek qo‘yilishi belgilangan.
Navoiyda noqonuniy ohak pishirish xumdonlari yopildi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar