21:10 / 15.12.2016
8 646

Shavkat Mirziyoyev xalqni rozi qilmagan rahbarlar bilan xayrlashishini aytdi

Shavkat Mirziyoyev xalqni rozi qilmagan rahbarlar bilan xayrlashishini aytdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miomonovich Mirziyoyev kecha, 14 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida ishtirok etib, nutq so‘zlagani haqida xabar bergan edik.

Rasman Prezidentlik lavozimida ish boshlagan Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda o‘z oldida turgan ustuvor masalalar haqida so‘z ochib, 5 yillik rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

Davlat rahbari o‘z nutqida bot-bot xalq bilan muloqot o‘rnatish tizimini takomillashtirish, odamlarning dardiga malham bo‘lish, ularni rozi qilish, muammolariga echim topish, xalq davlat idoralari uchun emas, aksincha, davlat idoralari xalq uchun ishlashi kerakligi haqida gapirar ekan, ayrim rahbarlarning xalq dardini tinglashdan qochishiga ham to‘xtalib o‘tib, bunday rahbarlar bilan xayrlashish kerakligini ochiq-oydin aytdi.

“Bugungi kunda nafaqat Bosh vazirning elektron pochtasi va qabulxonasiga, balki Prezident nomiga kelib tushayotgan fuqarolarning qonuniy murojaat va shikoyatlarini batafsil o‘rganish va ularda ko‘tarilgan masalalarni echish bo‘yicha ishlarni faol davom ettirish g‘oyat muhim, deb hisoblayman.

Umuman olganda, bundan keyin vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari va hokimlarning faoliyati natijasi quruq iqtisodiy raqamlar bilan emas, balki ularning odamlar bilan qanday muloqot olib borayotgani va ishni tashkil etgani, fuqarolarning muammolarini qay darajada hal qilayotganiga qarab baholanadi va tegishli xulosalar chiqariladi.

Ayni shu masalada ularning faoliyati ijobiy bo‘lsa, xalq ulardan rozi bo‘lsa, rahmat deymiz, aksi bo‘lsa – biz bunday rahbarlar bilan xayrlashamiz”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Avvalroq, Shavkat Miromonovich Mirziyoyev har bir davlat organida “Xalq qabulxonasi” tashkil etilishi haqida aytgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev xalqni rozi qilmagan rahbarlar bilan xayrlashishini aytdi