date

Zangiotada 20 ming dollar olgan bosh mutaxassis ushlandi

Zangiotada 20 ming dollar olgan bosh mutaxassis ushlandi

Toshkent viloyati Zangiota tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi qamoqqa olindi, deya xabar tarqatdi Davlat xavfsizlik xizmati.

Ma’lum qilinishicha, u mahalliy fuqaroga tegishli uyning yonida joylashgan va davlat zaxirasida bo‘lgan 8 sotix yer maydonini tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun tuman hokimligi tomonidan tuziladigan ishchi guruh orqali uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 40 ming dollar talab qiladi.

Mulozim ushbu pul mablag‘idan 20 ming dollarni olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan uning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi, deyiladi xabarda.

Bosh mutaxassisga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdordagi firibgarlik) va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdordagi pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Zangiotada 20 ming dollar olgan bosh mutaxassis ushlandi