24 408
Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) haqida Gyote, Bernard Shou va boshqa olimlarning fikrlari
Dunyo shu paytga qadar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdek mukammal, barchaga o‘rnak bo‘la oladigan go‘zal axloq sohibi, dunyodagi barcha yaxshi sifatlarni o‘zida mujassam etgan zotni ko‘rmagan va bundan keyin ham ko‘rmaydi.
Islom instituti talabasi Nizomiddinov Hoshimjon g‘arb mutafakkirlarining payg‘ambarimiz Muhammad (s. a. v.) haqida aytgan fikrlarini bir nechtasini jamlab e’lon qildi.
Buyuk nemis faylasufi Yoxann Volfgang Gyote bunday deb yozgan: “Men dunyo tarixini o‘qib shunday xulosaga keldim: dunyo podshohlari to‘plagan barcha saltanatu boylik, qasrlaru saroylar Muhammad alayhissalomning yamoq yaktaklariga ham arzimas ekan… Biz Evropa millatlari, madaniy imkonimiz yuqori bo‘lishiga qaramay, Muhammad alayhissalom so‘nggi pog‘onasiga qadar chiqa olgan zinaning birinchi pillapoyasidamiz, xolos. Hech shubha yo‘qki, biron kimsa u zotdan yuqoriroqqa o‘ta olmaydi”.
Bernard Shou: “Agar Muhammad alayhissalomdek bir odam hozirgi dunyoni boshqarganida edi, bu dunyoning mushkulliklarini hal qilishga muvaffaq bo‘lar edi, bu esa o‘z navbatida, hozirgi dunyoga etishmayotgan xotirjamlik va saodatni olib kelgan bo‘lardi”, – degan edi.
Fransiyaning taniqli olimlaridan Lamartinning bunday so‘zlari bor: “Agar kishining buyukligi uning qilgan ishlariga, qozongan zafarlariga, imkoniyati oz bo‘lsa-da, ko‘p ish qilganiga qarab baholanadigan bo‘lsa, Muhammad alayhissalom insonlarning eng buyugidir. U kishi ham payg‘ambar, ham notiq, ham siyosatchi, sarkarda, qalblar himoyachisi, g‘oyalar targ‘ibotchisi, imom, davlat arbobi, er yuzining 20 ta mintaqasida islomiy saltanat qura olgan… Muhammad alayhissalom ana shunday zot edi! Unga hech qaysi buyuk inson tenglasha olmaydi! Nahotki u zot o‘lchovlarga sig‘sa!”.
Oksford universiteti professori Vilyam Mongomeri: “Muhammad alayhissalomning zafar-yutuqlari uning buyukligiga dalildir. Bunday martabaga erishgan boshqa shaxs G‘arbda ma’lum emas. U zotni sehrgarlikda ayblagan kishilar o‘z maqsadiga erisholmay, noiloj qolgan odamning chiranishidir”, – degan.
G‘arb kishilari Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning tarixlarini, siyratlarini, hayot yo‘llarini yaxshi o‘rgangani sababli mana shunday xulosalarga kelganlar. Shundan kelib chiqib, biz suyukli Payg‘ambarimiz alayhissalomning hayot yo‘llarini barchadan yaxshiroq bilishimiz, barcha narsada u zotga ergashishimiz lozim bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi