date

O‘zbekistonda qoidabuzar haydovchilarni haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish taklif etildi

O‘zbekistonda qoidabuzar haydovchilarni haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish taklif etildi

Ichki ishlar vazirligi haydovchilik qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan jazoni kuchaytirish bo‘yicha yangi tashabbusni ilgari surdi. Bu tashabbusning asosiy maqsadi harakat xavfsizligini ta’minlash va og‘ir yo‘l-transport hodisalarining oldini olishdir.

Agar haydovchi bir oy ichida quyidagi qoidabuzarliklarni 10 marta takrorlaydigan bo‘lsa:

-40–60 km/soatdan yuqori tezlikda harakatlanish;

- qizil chiroqda to‘xtamay o‘tish;

-qarshi yo‘lga chiqish yoki avariyali vaziyatni yuzaga keltirish,

shunda haydovchi 6 oy muddatga haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilinadi. Bu chora harakat qoidalariga qat’iy rioya qilishni ta’minlash va yo‘lda xavfsizlikni oshirishga qaratilgan.

Vazirlik fikr bildirishicha, ushbu yangi javobgarlik tizimi qoidalariga e’tiborsizlik qiluvchi haydovchilarni samarali tarzda javobgarlikka tortish imkonini beradi va og‘ir YTHlarning oldini oladi.

Loyiha muhokamasi 25-sentyabrgacha davom etadi va aholi fikrini inobatga olgan holda keyinchalik qonuniy ravishda qabul qilinishi rejalashtirilgan. Shunday qilib, davlat yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash va aholi hayotini himoya qilish yo‘lida yana bir qadam qo‘yadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda qoidabuzar haydovchilarni haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish taklif etildi