Qashqadaryo viloyatida kuz-qish mavsumida aholi, korxona va tashkilotlarning ko‘mir mahsulotiga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash uchun puxta tayyorgarlik ko‘rildi. Viloyat xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmalariga 24 ming 927 tonna ko‘mir etkazib berildi. 9 ming tonnadan ziyod ko‘mir aholiga arzon narxlarda sotildi. Yana shuncha miqdordagi mahsulot mavsum uchun omborlarga jamg‘arilgan. Bu haqda Qalampir.uz xabar bermoqda.
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “Qashqadaryo hududiy ko‘mir etkazuvchi” unitar korxonasining viloyat shahar va tumanlardagi olti shoxobchasi faoliyat yuritayotgani joylarda aholining arzon va sifatli ko‘mir mahsulotiga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashda yaxshi samara bermoqda. Shoxobchalarda ko‘mir briketini sotish ham yo‘lga qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 2 iyuldagi “Respublikada ko‘mir briketlari ishlab chiqarish va sotishni kompleks tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori viloyatda ko‘mir briketi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan sanoat korxonalari ko‘payishi, ichki bozorni sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar bilan to‘ldirishda muhim omil bo‘lmoqda.
Ko‘mir briketi tashish, saqlash va foydalanishda juda qulay. Oddiy ko‘mir va boshqa qattiq yoqilg‘iga nisbatan uzoq yonishi, tarkibida zararli moddalar kamligi, yonib bo‘lgandan keyin ham o‘zining birlamchi shaklini yo‘qotmasligi va boshqa afzalliklari bilan ajralib turadi, deyiladi xabarda.
Ko‘mir briketi etkazib berish bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlarga bir qator imtiyoz va qulayliklar yaratilgan. Jumladan, bunday korxonalar endi xomashyoni birja orqali emas, balki “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati bilan tuzilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida xarid qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi